25/05/2023

Joriy yilning 25- may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida  “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyunda “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasini qabul qildi.

Unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar mazkur 10 yillik raundda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda ham aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Bunga 2020 yil 16 martda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.

 19-pere-aholi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech