26/05/2023

Ma’lumki yurtimizda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 34 yil avval bo’lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.

Aholini ro‘yxatga olish nafaqat aholi soni va demografiyasi balki oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, bandligi, jinsi, yosh darajalari, fuqaroligi, hududlarda aholi zichlik darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqida ishonchli ma’lumot to’plash imkonini beradi. Bu o‘z navbatida hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko’rsatish, bo’sh ish o‘rinlarini tashkil etishga yordam beradi. Bundan tashqari hududlarning xaritalaridagi mavjud xatoliklarga yechim topish bo’yicha aniq takliflar berish imkonini vujudga keltiradi.

Sinov tariqasida aholini roʻyxatga olishning yakunlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • Roʻyxatga olish dasturi, roʻyxatga olish hujjatlari shakillari, roʻyxatga olishni oʻtkazish usullari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlari hamda foydalaniladigan axborot texnalogiyalari sinov natijalari tahlil qilinadi;
  • Sinov natijalariga koʻra aholini roʻyxatga olish dasturi, metodik qoʻllanmalr va normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va aholini roʻyxatga olish yakunlarini shakillantirish zarurati yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish boʻyich kuzatilgan muammolar asosiy aholini ro’yxatga olish jarayonlarida kuzatilmasligi uchun doimiy targ’ibot va tashviqotlar hamda keng koʻlamli tushuntirish ishlari olib borish maqsadga muvofiq. Bu harakatlar mamlakatimiz ravnaqi uchun muhim rol o‘ynashiga ishonamiz.42-aholi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech