31/05/2023

Joriy yilning 29- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Toshkent moliya instituti bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiya ishi himoyalari Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi mutaxassislari hamda Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazildi.2-stat-age

Institut moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Sh.E.Sindarov Toshkent moliya institutini tamomlayotgan magistratura bitiruvchilarining ishlab chiqarish obyektlarida dissertatsiya ishlari himoyalarida ishtirok etish uchun Statistika agentligiga tashrif buyurdi.11-agent

Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i A.Mamadjanov yig‘ilganlarga institut bitiruvchilarining himoya ishlari aynan ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilayotgani, kadrlar buyurtmachilari uchun ham katta ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tdi.22-agent

Shuningdek, tomonlar kelgusida Statistika agentligi hamda Toshkent moliya instituti o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech