15/06/2023

Joriy yilning 15-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish” mavzusida semenar tashkil etildi.

Semenarda Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B.Melikmurotov boshqarma xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish” mavzusida taqdimot qildi.24-karupsi

 

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya muammosining dolzarbligini anglash mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmasligimizni idrok etish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.

 242-karrup

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-81-son Qarorining  mazmun mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-240-son Qarorining  mazmun mohiyati bo‘yicha to‘g’risida ham  ma’lumot berildi.

24-1-kor

 

Aytish joizki, korrupsiyaviy yo’nalishdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish umummilliy vazifa. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy subyektlari hisoblanadilar. Bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar fikrimizcha quyidagilardan iborat:

– huquqqa zid maqsadlarni ko’zlaydigan shaxslarning davlat organlariga kirib qolishlarining oldini olish;

– davlat organlari xodimlari va ularning yaqinlarini xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog’liq holda hayotiga, sog’lig’iga, mulkiga qarshi noqonuniy tajovuzlardan davlat himoyasini tashkil etish;

– davlat organlari xodimlari tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yordam beradigan sabablar va sharoitlarni aniqlash;

– davlat organlari korrupsiyaning kelib chiqish shart- sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlarni rejalashtirish;

– davlat organlarida nomzodlarni ishga va o‘qishga qabul qilishda ularning shaxsiy fazilatlari va maqsadlarini to‘liq o‘rganish;

 

– korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat organlari xodimlari bilan umumiy profilaktikani amalga oshirish;

– davlat organlari organlarida ta’magirlikka, molparastlik va pulga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirish;

– davlat organlarida korrupsiyaning oldini olishda rahbarlarning rolini oshirish va huquqiy ta’lim-tarbiyaning ta’sir choralarini oshirish.

244-korup

Tadbir yakunida Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

243-korrup

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech