19/06/2023

Joriy yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narx statistika boshqarmasi xodimi L.Suvonqulov, Toshkent shahar statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S.Sadiqov va boshqarma xodimlari tomonidan Sergeli tumanida INI (iste’mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat oylik kuzatuvi o‘tkazildi.
Unda mahsulotlarning joriy kundagi minimal, maksimal va oʻrtacha narxlari oʻrganildi. Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.71-ini-kuzatuv
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash GSpeech