13/06/2023

Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda  Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov ishtirokchilarga mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda deb ta’kidlandi. Shunungdek, internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-ahloqni yemiruvchi manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aytib o‘tildi.

Aytib o‘tish lozimki, internetdagi axborot xurujlaridan yoshlarni ongi va qalbini asrash uchun yuksak ma’naviyat, odob axloq tarbiyasiga e’tiborni kuchayatirish, yosh avlodni diniy – milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning xurujlaridan ogoh etish lozim.

 9-shovkat-guyg

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech