21/06/2023

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

 Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, tuman hokimligi va sektor rahbarlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Ishchi guruhi aʼzolari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib fuqarolarni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinganlarga alohida eʼtibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklashga koʻmaklashish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Shuningdek, aholining kayfiyatini koʻtarish maqsadida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda taniqli sportchilar, shoiru yozuvchilar va sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olingan fuqarolarni teatr spektakllariga olib borish, tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgan.14-keksa-boquvchisi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech