21/04/2023

Joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi
PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan yangiliklar...! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan yangiliklar...! mavzusida ma’ruza qildi.

Konstitutsiya loyihasida O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda.

Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik
va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ladi.

 

Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 24-1-kor

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech