28/04/2023

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumoti tinglandi.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil
4 apreldagi PQ-108-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani qabul qilish to‘g‘risida” 2023 yil 4 apreldagi
PQ-109-son qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 4 apreldagi PQ-110-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 5 apreldagi PQ-113-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 7 apreldagi PQ-114-son qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.photo2022-09-2021-04-58

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech