04/07/2023

Jahon banki ko‘magi ostida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida MDH davlatlari statistika xizmatlarining mutaxassislari ishtirokida Xalqaro Taqqoslash Dasturi (XTD) -2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Moldova, Rossiya, Tojikiston hamda Oʻzbekistonning statistika idoralari vakillari, shuningdek, MDH davlatlararo statistika qo‘mitasining rahbarlari va xodimlari qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Zafar Mamasaidovich hamda Narxlar statistikasi boshqarmasining Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Nishonboyev Bunyodbek Tuxtapo‘lat o‘g‘li ishtirok etishdi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha milliy statistika xizmatlari tajribasini muhokama qilish hamda XTD doirasida narxlar ma’lumotlarini shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari XTD-2021 global dasturi doirasida XTDning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun ma’lumotlarni tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.11-xtd-global

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech