23/06/2023

Joriy yilning 23-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot tinglandi.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, O’zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o‘rtacha yillik sonini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qarori (ro‘yxat raqami 2858-1, 2023 yil 8 iyun),  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 3 iyundagi 227-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”  2023 yil 7 iyundagi
231-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 1 iyundagi PQ–177-son qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.

20-yigilish

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech