16/06/2023

Joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlar mazmun mohiyati haqida...!” mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma
va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlar mazmun mohiyati haqida!” mavzusida ma’ruza qildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi belgilab qo‘yilmoqda. Konstitutsiyamizda mazkur kafolatning belgilanishi mahallalarga o‘z hududini mustaqil boshqarish, aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida muammolarni hal etib borish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi farovonligini ta’minlashga muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol bo‘lishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilmoqda.

Xususan, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda. Ushbu norma jurnalistlarning erkin, turli ma’muriy bosimlardan qo‘rqmasdan faoliyat yuritishini ta’minlaydi hamda mamlakatimizda axborot erkinligini  yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik, qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Pirovardida, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga va so‘z erkinligini ta’minlashga erishiladi.

Shuningdek, Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari kafolatlanmoqda.

Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilishi va ular faoliyati kafolatlarining belgilanishi jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.

Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

photo2022-07-2709-14-18

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech