09/06/2023

Joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilayotganligi haqida...!” mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga Parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilayotganligi haqida...!” mavzusida ma’ruza qildi.

Yangi Konstitutsiyada Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek, Monopoliya qo‘mitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi amaliyotini joriy etish taklif etildi.

23-yigilish

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech