11/07/2023

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda. Toshkent  shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shahrimizda  2023 - yil yanvar - may oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 7050 tani tashkil qilmoqda.

Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023 - yil 1- iyun holatiga 84,3 mingtani tashkil etmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarning asosiy qismi: savdo – 35,6 foiz, sanoat – 13,5 foiz, qurilish – 8,1 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,1 foizni tashkil qilmoqda.

photo2022-08-0916-10-34

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech