Innovatsiyalar 3 turga bo‘linadi. Bular texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalardir. 2022- yilda jami joriy qilingan innovatsiyalar 1052 tani tashkil etib, shundan 934 tasi texnologik innovatsiyalar, 79 tasi marketing va 39 tasi tashkiliy innovatsiyalardir. Innovatsion faoliyat – g‘oyalar transformatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni bozor uchun joriy etish bilan hamohang bo‘lgan faoliyat hisoblanadi.
Axborot xizmati