31/07/2023

Toshkent shahrida 1 ta hayvonot bog‘i mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyatini Yunusobod tumanida olib bormoqda. 2022 yilda, hayvonot bog‘iga 908,8 ming kishi tashrif buyurgan, shundan 304,6 ming nafari bolalardir. Shahrimizning hayvonot bog‘idagi o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi o‘ziga xosligi bilan tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortadi. Bu yerda, xususan, hayvonot dunyosining 343 ta turi, oʻsimlik dunyosining 2 459 ta turi mavjud. Hayvonot dunyosi namunalari umumiy soni 16 185 ta nusxalarni tashkil etadi va 20 082 ta jami o‘simlik dunyosi namunalari nusxalari mavjud. Toshkent shahridagi hayvonot bog‘ining umumiy maydoni 25 gektarni tashkil qiladi.9-xayvon

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech