31/07/2023

Joriy yilning 31-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023- yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari qatnashdi.1-kengash-bvb

Kun tartibiga binoan, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov Kengash yig‘ilishini ochib berib, hududiy statistika bo‘lim xodimlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023-yil II chorak yakunlarida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

2-kengash

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

3-kengash

Kengash yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

6-kengash

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

8-kengash

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech