14/07/2023

Joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi! mavzusida ma’ruza qildi.

O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

 Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

23-konsti

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech