02/08/2023

Joriy yilning 28-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot tinglandi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 7 iyuldagi 279-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 20 iyuldagi PQ-232-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil
26 iyuldagi PQ-236-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 26 iyuldagi PF-112-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 7 iyuldagi O‘RQ-853-son Qonuni, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish haqida” O’zbekiston Respublikasining 2023 yil
13 iyuldagi O’RQ-855-son Qonuni, va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.

 24-kondrtyy

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech