Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,8 % ni tashkil etib, 2022- yil yanvar-Iyundagi ko‘rsatkichga nisbatan 11,8 % punktga kamaydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 % punktga ko‘payib, 65,4 % ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,1 % punktga ko‘paydi, 13,8 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati