11/08/2023

Bugungi kunda yurtimizda aholining soni va uning o‘sish sur'atlari uzluksiz ravishda ortmoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023 yil 1 iyul' holatiga ko‘ra 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda. Shundan:
erkaklar soni 1million 471 ming 700 kishini,
ayollar soni 1million 527ming 800 kishini tashkil etdi.
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2023 yil 1 iyul' holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 395,0 ming kishini tashkil etadi. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 366,9 ming kishi .
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 126,9 kishi va Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.
2023- yil 1- iyul' holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi
Olmazor tumani-395,0 ming kishi
Yunusobod tumani – 366,9 ming kishi
Shayxontohur tumani -360,5 ming kishi
Mirzo Ulug‘bek tumani -323,1 ming kishi
Uchtepa tumani – 293,5 ming kishi
Yashnobod tumani -289,4 ming kishi
Chilonzor tumani – 271,9 ming kishi
Yangihayot tumani – 161,0 ming kishi
Mirobod tumani – 150,1 ming kishi
Sergeli tumani – 162,3 ming kishi
Yakkasaroy tumani -126,9 ming kishi
Bektemir tumani – 55,7 ming kishi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech