O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi binosida ham quyosh panellari o‘rnatildi.
Agentlik binosining quyosh panellari bilan ta'minlash ishlari joriy yilning iyun oyidan boshlangan bo‘lib, hozirda maydoni 182.5M2 joyga umumiy quvvati 40 kVtni tashkil etuvchi 73 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Bu jarayon hozirda agentlikning barcha hududlardagi boshqarmalarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda va bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi.
Ma’lumot uchun agentlik bir oy davomida 60 000 kVt elektr enrgiyasidan foydalanadi. Ushbu qurilmalarni o‘rnatish hisobiga bir oyda 7500 kVt elektr energiyasi tejab qolinadi.
Axborot xizmati