Joriy yilning 18-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Yangi O'zbekistonda еrkin vа fаrоvоn yashaylik” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘I L.Mirsoatov so‘zga chiqib, bugun barchamiz O‘zbekistonning yangi qiyofasi shakllanayotgan, hayotimizning barcha sohalarida Harakatlar strategiyasining tamoyillari amalga oshirilayotgan, tom ma’noda mutlaqo Yangi O‘zbekiston qurilayotgan zamonda yashamoqdamiz deb ta’kidlab o‘tdi.
2020-2025 yillarda O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilganligi bu boradagi ishlarni tizimli olib borishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu konsepsiyadan ko‘zlangan strategik maqsad – elektron hukumat tizimining keyingi bosqichiga o‘tish, integratsiyalashgan hukumatni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Aytish lozimki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohot zamirida birinchi navbatda mustaqillik bergan imkoniyatlar mujassam. Haqiqatan ham mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo‘qki, unda mustaqillik shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo‘qki, uning hayoti, orzu-umidlarida mustaqillik aks etmagan bo‘lsa. Mustaqillik bugungi tinch, osuda hayotimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi.
Mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. ushbu Strategiyadan kelib chiqib boshlangan amaliy harakatlarni bugun eng chekka qishloq aholisi ham sezmoqda, o‘z hayotidagi o‘zgarishlarda his qilmoqda.
Umuman olganda, mustaqillik bizga bugungidek erkin va baxtli yashash imkonini tuhfa etdi. Ana shunday bir sharoitda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, yurtimizning yanada taraqqiy etishi hamda xalqimizning bundanda farovon hayot kechirishi yo‘lida bor kuchimiz hamda salohiyatimizni safarbar etishimiz chin insoniylik burchimizdir.
Axborot xizmati