30/08/2023

Mustaqillik – har bir xalq uchun ulug' ne'mat, buyuk inoyat, milliy o'zlikni anglash, erkin va farovon yashash imkoniyatidir.
Joriy yilning 30- avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
 
1-mustaqillik
 
Tadbirni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov ochib berib, soha xodimlarini eng ulugʻ bayram O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
 
photo2023-08-3015-51-03
 
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani taʻkidlandi. Istiqlolimiz, uning beqiyos neʻmatlari hamda tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati, yuksakligi ta’kidlab o‘tildi.
 
4-mustaqillik
 
3-must
 
Tadbir davomida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, statistika dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini taminlab, faoliyatida yuqori samaradorlikga erishgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
 
6-mustaq
 
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash GSpeech