04/09/2023

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib fuqarolarni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinganlarga alohida eʼtibor qaratish, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish va holidan xabar olishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Ishchi guruhi vakillari tomonidan bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.

photo2023-09-0409-55-22

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech