14/07/2023

Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqaroligi xizmati to‘g‘risidagi”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish  faoliyatini  samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5177-son Qarorining  mazmun mohiyati bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi Qonuni yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi             PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha  chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi  Qarorining  mazmun mohiyati qarori mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

 Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 06-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish  faoliyatini  samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5177-son Qarorining  mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Hech birimizga sir emaski, korrupsiya holatida unga qarshi to‘xtovsiz kurash olib borilmas ekan, har qanday davlatda ilm-fan, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, bank-moliya, sud-huquq, davlat boshqaruvi va boshqa inson manfaatlari mavjud barcha sohalarda ildiz otib ketishi va mamlakatni ich-ichidan yemirib halokatga yetaklashi turgan gap.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlar yil sayin takomillashib bormoqda, ammo korrupsiyani oldini olish qabul qilingan qonun hujjatlarining amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlab beruvchi aniq mexanizmlar yaratilishini talab etadi. Binobarin, korrupsiyani yo‘qotish va unga qarshi kurashish hujjatlar bilan qanchalik tartibga solinmasin inson omiliga borib taqalishi tabiiy. Bu esa, jamoatchilikdan, har birimizdan korrupsiya deya atalmish illatni vaqtida payqash, o‘zi va yaqinlarini undan himoya qilish, ayniqsa, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi insoniylik burchlari ado etilishini talab etadi.

Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

konst

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech