So'nggi yangiliklar
21/02/2025 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida ijara xizmatlari hajmi 3 421,0 mlrd so‘mga yetdi. Ushbu xizmatlarning umumiy hajmida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarining ijarasi bo‘yicha xizmatlarning salmoqli qismi - 48,6 foizni tashkil etadi.
2025-yil 1-fevral holatiga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 97,5 mingtani tashkil etdi, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar soni 85,9 mingta.
20/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1937 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
20/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 98,6 foizi yoki 30,759 tasii kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.
20/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi jami 1 523,9 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 16,4 foizni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 27 606,7 mlrd. so‘mga yetdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 61,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
19/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 19-fevral kuni Uchtepa tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi 283-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchi-yoshlari va pedagog jamoasi uchun “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
19/02/2025 • So'nggi yangiliklar
19/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 19- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarning umumiy hajmi 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 12 482,6 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 14,7 foizni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-dekabrida Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 67 214,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
18-sahifa 293 dan