So'nggi yangiliklar

    Toshkent shahrida 2024-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarining o‘sish sur’ati 111,5 % ni, hajmi esa 29 619,7 mlrd. so‘mga yetdi

   2025-yilning 4-fevral kuni Uchtepa tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari va pedagog jamoasi uchun “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

   2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 4 786 birlikni tashkil etdi, ulardan 2 878 birlik yoki 60,1 % faoliyat yuritmoqda.

   Toshkent shahrida 2024-yil yanvar-dekabr oylarida barcha transport turlari tomonidan 1 383,8 mln.kishi yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,0 foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 0,4 foizga ko‘payib, 12 217,2 mln. yo‘lovchi kishini tashkil qildi.

   Toshkent shahrida 2024-yil yanvar-dekabr oylarida 40 165,1 mlrd. so‘m yoki 2023-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 129,5 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 45,5 % tashkil etdi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning eng katta ulushi Chilonzor tumanida 72,2 %, Shayxontohur tumanida 56,9 %, Yunusobod tumanida 54,8 %, Uchtepa tumanida 52,7 %, ga to‘g‘ri keldi.