So'nggi yangiliklar

   Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 13 153 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 179 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 12 974 tani tashkil qildi.

   Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yil 1-fevral holatiga 97,5 mingtani tashkil etdi, ulardan 87,7 mingtasi tadbirkorlik subyektlaridir.

   Joriy yilning 25- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

   2025-yilning yanvar oyida, Toshkent shahrida jami 3 646,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 113,1 % ni tashkil etdi.

   2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A. Azimov hamda tegishli mutaxassislar bilan birgalikda, “Sergeli dehqon bozori”da 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi narx-navolari oʻrganildi.

   2025-yil yanvar oyida Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1,6 mingtani tashkil etdi. 

   2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 23 654,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 9,9% ga o‘sdi.

   2025-yilning yanvar oyida Toshkent shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 7 450,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 109,8 % ga yetdi.