So'nggi yangiliklar

   Toshkent shahrida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan jami 9 848 ta korxonalardan 2 232 tasi qo‘shma korxonalar va 7 616 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.

   Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2025-yil yanvar holatiga koʻra, 692,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 160,6 mln AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 532,2 mln AQSH dollari qiymatida qayd etildi.

   Toshkent shahrida 2025-yilning yanvar oyida savdo xizmatlari hajmi jami 3 716,3 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 7,9 foizni tashkil etdi.

   8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlugʻ sanada xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda.

  Toshlent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2025-yil 1-fevral holatiga 87,7 mingtani tashkil etdi, ulardan 85,9 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalardir. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 35,6 foiz, sanoat – 12,3 foiz, qurilish – 7,6 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,7 foiz, tashish va saqlash – 4,6 foiz, axborot va aloqa – 5,6 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi – 2,2 foiz.

   Toshkent shahrida qurilish ishlarining eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Yunusobod tumani (543,4 mlrd.so‘m), Yakkasaroy tumani (340,2 mlrd.so‘m), Mirzo Ulug‘bek tumani (328,2 mlrd.so‘m), Mirobod tumani (294,1 mlrd.so‘m)ga to‘g‘ri keladi.

   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2025-yilning yanvar oyida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 583,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2024–yilning yanvar oyiga nisbatan 23,7 % ga oshdi. Toshkent shahri miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 61,5 % ni tashkil etdi.