So'nggi yangiliklar

   2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Toshkent shahrida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 589 tani tashkil etdi.

   Toshkent shahrida moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta va nafaqa xizmatlaridan tashqari xizmatlarning ulushi 2024-yil yanvar-dekabrida 83,7 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Yunusobod tumanining ulushi 26,1 foizni yoki 20 677,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari yo‘lovchi aylanmasida 81,0 % ni, qurilishda 67,7 % ni, yo‘lovchi tashishda 73,7 % ni, yuk aylanmasida 53,5 % ni, chakana savdoda 61,2 %, investitsiya 40,0 % ni tashkil etdi.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,6 % punktga kamaydi va 33,8 % ni tashkil etdi. Qolgan 66,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,6 % punktga ko‘paydi.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi jami 14 547,7 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 13,7 foizni tashkil etdi.

   Bugun 14-fevral - O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida 68,2 mingta tug‘ilganlar qayd etilgan bo‘lib, shundan o‘g‘il bolalar 51,5 % ni, qiz bolalar 48,5 % ni tashkil etadi.

    2025-yil 13-fevral kun, Yangihayot tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi “Yangi Darxon” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

   Toshkent shahari bo‘yicha 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 605,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi.