So'nggi yangiliklar

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oyida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 19,2 trln so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmining 12,1 % ini tashkil etdi.

   Hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi Mirzo Ulug‘bek tumani (17,3 foiz), Yunusobod tumani (12,1 foiz) va Shayxontohur tumanlarida (12,1 foiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

   2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy soni 5062 ta.

  O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 243 119 dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

   Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmi 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 13 026,2 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 13,3 foizni tashkil etdi.

   2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 11 333 ta sanoat sohasida korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 132,8 trln.so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 104,6 % ini tashkil etdi.

  Toshkent shahrida 2024-yil 1-dekabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 17 213 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 258 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 16 955 tani tashkil qildi.

   2024-yil yanvar-noyabr oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 40,8 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,2 % ga ko‘paydi.

   2024-yilning yanvar-noyabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi jami 25 662,0 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 10,2 foizni tashkil etdi.

   Joriy yilning 24–26-dekabr kunlari Toshkent shahar statistika boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida statistika yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari bolib otdi.

   Korxona va tashkilot rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

   Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi narx bo‘limi boshlig‘i A. Xojitoyev va Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i K. Jamolov bilan birgalikda Mirobod dehqon bozorida 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi oʻrganildi.

   Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

   Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra 3,0 mingtani tashkil etdi.

   Hududlar kesimida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni Chilonzor tumani (11,7 foiz), Yunusobod tumani (11,7 foiz), Mirzo Ulug‘bek tumani (11.6 foiz), Olmazor tumani (9,3 foiz) va Yakkasaroy tumani (9,1 foiz) ga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.

   2024-yil 1-dekabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 4 946 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 46 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 900 tani tashkil qildi.