So'nggi yangiliklar
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
2025-yilning 7-fevral kuni Olmazor tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Olmazor tumanidagi 17-oilaviy poliklinikas jamosi uchun “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10- fevral kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10-fevral kuni Statistika agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari boʻyicha yillik “1 kb”, “1 fx” va ”1 mehnat” statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 64 517,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023–yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 15,9 % ga oshdi. Toshkent shahri miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 61,2 % ni tashkil etdi.
Toshkent shahrida amaldagi 86,2 mingta tijorat korxona va tashkilotlaridan 2025-yil 1-yanvar holatiga ma’suliyati cheklangan jamiyatlar 75,9 mingtani tashkil etib, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinda turadi. Shuni xulosa qilishimiz mumkinki, mazkur korxonalar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi.
10/02/2025 • So'nggi yangiliklar
2024-yil yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – Axborot va aloqa faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 124,8% ni tashkil etdi. Shuningdek, savdo sohasi 121,8%, ta’lim sohasi 119,5%, tashish va saqlash sohasi 119,0%, qurilish sohasi 118,1%, hamda sanoat sohasida 115,0% ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
07/02/2025 • So'nggi yangiliklar
1-yanvar holatiga ko‘ra Toshkent shahrida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va tashkilotlar soni 66 941 tani tashkil etdi.
07/02/2025 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yil 1-yanvar holatiga 96,1 mingtani tashkil etdi, ulardan 86,2 mingtasi tadbirkorlik subyektlaridir. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 32,0%, sanoat – 11,1%, qurilish – 6,8%, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Mirzo Ulug‘bek tumani – 11,9%, Yunusobod tumani – 11,8%, Chilonzor tumani – 11,7%, Olmazor tumani – 9,2% va Shayxontohur tumanida – 9,0% da faoliyat ko‘rsatmoqda.
30-sahifa 300 dan