So'nggi yangiliklar

   Joriy yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistka agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotov  va Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Azimov bilan hamkorlikdagi tuman statistika bo‘limlari xodimlari faoliyatida korrupsiyani oldini olish va korrupsion takliflarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha profilaktik ishlar amalga oshirildi.

   Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 1-KB shakli yillik statistika hisobotini taqdim etish bo‘yicha navbatdagi navbatdagi onlayn vebinar tashkil qilindi. Vebinarda statistik hisobotlardagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida tinglovchilarga batafsil ma’lumot berildi.

   Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari N. Shukurov hamda tegishli mutaxassislar bilan birgalikda, “Eski juva “CHorsu” dehqon bozori”da 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi narx-navolari oʻrganildi.

   Toshkent shahar Statistika boshqarmasi Bektemir tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi “Bektemir” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

   Toshkent shahar Shahxontohur va Yashnobod tumanlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.

   Joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari N. Shukurov hamda tegishli mutaxassislar bilan birgalikda Uchtepa tumani Farhod dehqon bozorida “Istemol narxlari indeksi” nooziq-ovqat guruhi kuzatuvi oʻrganildi.

   Joriy yilning 14-yanvar kuni Uchtepa tuman statistika boʻlim mutaxassisi tomonidan tumandagi 287-son umumta’lim maktabida “Aholini roʻyxatga olishning maqsad va ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

   Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 1-KB shakli yillik statistika hisobotini taqdim etish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil qilindi. Seminarda statistik hisobotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Yuzaga kelgan savollarga batafsil ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

   O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 62,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 64,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan.

   Toshkent shahar Statistika boshqarmasiYashnobodtumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi “Al-Buxoriy‘” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

   Toshkent shahar Uchtepa, Shahxontohur, Mirobod va Chilonzor tumanlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.

   Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2024-yilning yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 112,1 % ni va ishlab chiqarish hajmi 8 477,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.